» » Samarqand viloyat musiqali drama teatri Turkiyaga gastrol safarini uyushtiradi

Samarqand viloyat musiqali drama teatri Turkiyaga gastrol safarini uyushtiradi


Samarqand viloyat musiqali drama teatri Turkiya davlatiga gastrol safarini uyushtiradi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Samarqand teatrida 2017-yilda sahnalashtirilgan turk dramaturgi Tunjar Jujano‘g‘lining “Ko‘chki” spektakli muvaffaqiyat bilan qo‘yilib, tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda. 2017-yil noyabr oyida teatrning Toshkentga ijodiy safarida asar muallifi Tunjar Jujano‘g‘lining o‘zi ham tashrif buyurib, spektaklni ko‘rib, unga yuqori baho bergan edi.

“Ko‘chki” asari dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlar teatrlarida sahnalashtirilib, muvaffaqiyatli o‘ynalib kelinmoqda.

2018-yil 23-fevral kuni Turkiya davlati Madaniyat va turizm vazirligi teatrlar boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyat musiqali drama teatri nomiga yuborilgan xatda, “Ko‘chki” spektakli 2018-yil 20—30-aprel kunlari Turkiya davlatining Konya shahrida o‘tkaziladigan “Ming nafas bir ovoz” turkiy tillarda sahnalashtirilgan spektakllarning XI Xalqaro festivaliga taklif etilganligi ma’lum qilingan edi.

Shu munosabat bilan, Samarqand viloyat musiqali drama teatri joriy yilning 20—30-aprel kunlari Turkiya davlatining Konya shahrida bo‘lib o‘tadigan festivalda ishtirok etishga hozirlik ko‘rmoqda.

Spektakldagi asosiy rollarni teatrning yetuk aktyorlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Baxtiyor Raximov, Baxrullo Raximov, Gulbahor Mamedova, Mehri Hakimova, Solijon Hakimovlar bilan bir qatorda, umidli yosh aktyorlar Jamshid Murodov, Shoxsanam Obloqulova, Sarvinoz Saitovalar mahorat bilan ijro etib kelmoqdalar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют