» » Yevkurov: Sayyoraning eng keksa kishisi Ingushetiyada yashaydi

Yevkurov: Sayyoraning eng keksa kishisi Ingushetiyada yashaydi


Ginnesning rekordlar kitobi sayyoraning eng keksa kishisi sifatida 112 yoshli yaponiyalik Masadzo Nonakuni e’tirof etib adashdi. Aslida ingushetiyalik 122 yoshli Appaz Iliyev sayyoraning eng keksa kishisi hisoblanadi. Bu haqda Ingushetiya prezidenti Yunus-Bek Yevkurovning so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Bizda Rossiya rekordlar kitobi va Ginnessning rekordlar kitobi bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan. Men ular bilan uchrashaman va agar bizning hamyurtimiz 122 yoshli Appaz Iliyevni Ginnessning rekordlar kitobiga kiritish bo‘yicha ular hech narsa qilmagan bo‘lsa, biz bu jarayonni tezlashtiramiz”, — deydi Yevkurov.

Yevkurovning qo‘shimcha qilishicha, Iliyev yoshligidanoq sog‘lom turmush tarziga rioya qiladi. U chekmaydi, alkogolli ichimliklar ichmaydi. O‘z hovlisida yetishtirilgan mahsulotlar bilan oziqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют