» » 115 yoshli ispan ayoli Yevropaning eng keksa fuqarosiga aylandi

115 yoshli ispan ayoli Yevropaning eng keksa fuqarosiga aylandi


Ispaniyada istiqomat qiluvchi 115 yoshli Ana Vela Yevropaning eng keksa fuqarosiga aylandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

15-aprel kuni Italiyada 117 yoshli Emma Morano vafot etdi va shu sababli 115 yoshli ispan ayoli Yevropaning eng keksa odamiga aylandi. Ana Vela o‘tgan yildan beri Ispaniyaning eng keksa fuqarosi hisoblanib kelinayotgan edi.

1901-yil 29-oktabrda tug‘ilgan Ana Vela salomatligining hozirgi holati “zaif” deb baholanmoqda.

Ananing 65 yoshli nabirasi Antonio buvisining Ispaniyaning eng keksa shaxsi nomini qozonishini istaganini, biroq butun Yevropa bo‘yicha eng keksa fuqaro bo‘lishini kutmaganini aytdi.

Ayolning 89 yoshli qizi esa uzoq umr ko‘rishning hech qanday siri yo‘qligini ma’lum qildi. “Ovqat vaqtida unga (Ana Velaga) yarim bokal yarim shirin vino ichish yoqadi, lekin hech qachon ko‘p ichmaydi. Taomlardan hamma narsa — go‘sht, baliq, sabzavotlarni iste’mol qiladi. U mutlaqo normal uy parheziga rioya qiladi”, — dedi Ana Velaning qizi.

Mavzuga doir: Yamaykalik 117 yoshli ayol dunyodagi eng keksa odam deb tan olindi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют