» » O‘zbekistonda “Yosh vatandoshlar” festivali doirasidagi tadbirlar boshlandi

O‘zbekistonda “Yosh vatandoshlar” festivali doirasidagi tadbirlar boshlandi


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” hamkorligida o‘tkazilayotgan “Yosh vatandoshlar” xalqaro festivali doirasida poytaxtda bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Dunyoning turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchi o‘zbekistonlik yoshlarni bir joyga jamlab, mamlakatda bo‘layotgan o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish, ularning o‘zaro fikr almashishi uchun keng imkoniyat yaratadigan mazkur festival ishtirokchilari poytaxtning diqqatga sazovor joylarida bo‘ldi.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Hazrati Imom (Xastimom) majmuasi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi kabi maskanlarda bo‘lgan yoshlarning taassurotlari o‘zgacha.

Yoshlar ijod saroyida ekoko‘rgazma tashkil etildi. Unda poytaxtdagi umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari ham qatnashdi. Unda ona tabiatni asrash, ekologik muhitni barqaror saqlashga oid suratlar namoyish etildi.

Shuningdek, “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi: taraqqiyot istiqbollari” mavzusida davra suhbati va festival ishtirokchilari tomonidan Yoshlar ittifoqi a’zolari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

Unda AQSh, Rossiya, Yaponiya, Turkiya, Pokiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy, Finlyandiya, Shveysariya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya kabi mamlakatlarda yashayotgan, tahsil olayotgan yigit-qizlar ishtirok etdi.

Festival doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 19:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют