» » O‘zbekistonda vaqtincha saqlash izolyatorlarini yarim yerto‘lalar va sokol qavatlarda joylashtirish man etildi

O‘zbekistonda vaqtincha saqlash izolyatorlarini yarim yerto‘lalar va sokol qavatlarda joylashtirish man etildi


Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar vazirligi qarori bilan “Jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganlarni tutib turish sanitariya-gigiyena qoidalari”ga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Hujjat vaqtinchalik tutib turish izolyatorlarini yarim yerto‘lalar va sokol qavatlarda joylashtirishni man etadi. Endi bunga faqat 1 va 2-qavatlarda ruxsat beriladi.

Shuningdek, izolyatorlar tibbiy punktlari (xonalari) uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqildi. Yangi ro‘yxat 47 ta dori va 13 ta tibbiy buyum, jami 60 ta narsani o‘z ichiga oladi. Avvalgi ro‘yxat 54 banddan (49 ta dori va 5 ta tibbiy buyum) iborat edi.

Ma’lumot uchun, vaqtinchalik tutib turish izolyatorlari faqat IIV tizimida mavjud. DXX tomonidan qo‘lga olingan shaxslar mazkur xizmat tergov izolyatorida, harbiylar esa gaupvaxtalarda saqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 21:15)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют