» » O‘zbekistonda yanvar-mart oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 1,5 mln so‘mdan ziyodni tashkil qildi

O‘zbekistonda yanvar-mart oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 1,5 mln so‘mdan ziyodni tashkil qildi


2018-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 548,3 ming so‘mni tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda. Bu 2017-yilning mos davriga nisbatan 20,1 foizga ko‘p demakdir.

Buning tarkibiga ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud.

Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, o‘rtacha ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari moliya va sug‘urta sohasida (2 774 ming so‘m, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish — 28,6 foiz), axborot va aloqada (2 722 ming so‘m), sanoatda (2 315 ming so‘m, 27,5 foiz), tashish va saqlashda (2 101 ming so‘m, 21,1 foiz) qayd etilgan.

O’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini respublika hududlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 2 129,9 ming so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 137,6 %), Navoiy viloyatida 2 118,8 ming so‘mni (136,8 %) va Toshkent viloyatida 1 686,7 ming so‘mni (108,9 %) tashkil etgan bo‘lsa, Namangan viloyatida 1 223,9 ming so‘mni (79,0 %), Samarqand viloyatida 1 234,8 ming so‘mni (79,8 %) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют