» » Ilhom Aliyev Ozarbayjon prezidenti saylovida g‘olib bo‘ldi

Ilhom Aliyev Ozarbayjon prezidenti saylovida g‘olib bo‘ldi


Ilhom Aliyev Ozarbayjonda o‘tkazilgan navbatdan tashqari prezident saylovida g‘olib bo‘ldi, deb yozadi “TASS”. Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, u ovozlarning 86,09 foizini qo‘lga kiritgan.

Ushbu ma’lumot byulletenlarning 67 foizi hisoblab chiqilganidan keyin e’lon qilindi. 100 foiz byulletenlar bo‘yicha dastlabki ma’lumot esa yaqin soatlar ichida oshkor etiladi.

Mamlakatdagi bosh davlat lavozimi uchun kurashni 11-aprel kuni sakkiz nafar nomzod olib bordi. Ilhom Aliyevning nomzodi o‘zi rahbarlik qiladigan hukmron partiya — “Yeni Azerbayjan” (“Yangi Ozarbayjon”) partiyasidan ilgari surildi.

Ekzitpol ma’lumotlariga ko‘ra, uni saylovchilarning 80 foizdan ortig‘i qo‘llab-quvvatlagan. 2013-yil oktabrida o‘tkazilgan avvalgi saylovlarda unga saylovchilarning 84,54 foizi ovoz bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют