» » Kitob tibbiyot birlashmasining 2 ta bo‘limi yangi binoda ish boshladi

Kitob tibbiyot birlashmasining 2 ta bo‘limi yangi binoda ish boshladi


Qashqadaryo viloyati Kitob tumani tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi kardiologiya va endokrinologiya bo‘limlari yangi binoda ish boshladi, deb xabar beradi O‘zA.

“Sho‘rtangazkimyo” majmuasi homiyligida 1 milliard 700 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan yangi binoda shifokor va bemorlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Laboratoriya va fizioterapiya xonalari zamonaviy jihozlangan.

Yurak faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar davolanayotgan kardiologiya bo‘limida 40 nafar malakali tibbiyot xodimi bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Bu yerda joriy yilning o‘tgan davrida 616 nafar bemor davolangan.

Binoning ikkinchi qavati endokrinologiya bo‘limiga ajratilgan bo‘lib, 30 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda 42 nafar tibbiyot xodimi aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lida mehnat qilmoqda. Bo‘limda qandli diabet, teri-tanosil, buqoq kabi xastaliklar bilan og‘rigan bemorlar davolanmoqda. Bo‘limda joriy yilning o‘tgan davrida 350 nafar bemorga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatilgan.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatga tayyor bu bo‘limlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi hudud aholisining salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shifokorlar poytaxtda va chet ellarda malaka oshirib qaytdi. Bo‘limlar qoshida yuqori texnologiyali jihozlar bilan ta’minlangan zamonaviy laboratoriya xizmatlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Endokrinologiya va kardiologiya xizmatini jahon standatlari asosida ko‘rsatish uchun hamma sharoit mavjud. Muhimi, uzoq tog‘li hududlar, masalan, Kitob tumanidagi Obikanda, Denovbola kabi chekka qishloqlar aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat yaqinlashtirildi. Endi bu hudud aholisi Toshkent yoki Samarqandga borib yurmaydi, shu yerning o‘zida davolanishi mumkin. Mazkur bo‘lim nafaqat kasalliklarni davolash, balki uning oldini olish, ya’ni aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda hududdagi shifokorlar, patronaj hamshiralarining malakasini oshirish, ular bilan mahorat darslarini o‘tkazishga ham xizmat qiladi.

Dinara Aliyeva, Qashqadaryo viloyati endokrinologiya dispanseri bosh shifokori



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют