» » Inyesta yozda “Barselona”ni tark etib, Xitoyga ko‘chib o‘tadi. Uning maoshi yiliga 37 mln yevro bo‘ladi

Inyesta yozda “Barselona”ni tark etib, Xitoyga ko‘chib o‘tadi. Uning maoshi yiliga 37 mln yevro bo‘ladi


“Barselona” yarim himoyachisi Andres Inyesta “Roma”ga qarshi bahsda (0:3) faoliyatidagi so‘nggi Chempionlar Ligasi o‘yinini o‘tkazdi, deb yozmoqda “Sports.ru”.

Qayd etilishicha, Adreas amaldagi mavsum yakunlanganidan so‘ng Kataloniya klubini tark etadi. Inyesta faoliyatini Xitoyning “Tyanszin Syuanszyan” klubida davom ettiradi. Inyesta Xitoy klubi bilan uch yillik shartnoma imzolashga kelishib olgan, bitim yana bir yilga avtomatik ravishda uzayitirilishi mumkin.

Inyesta Xitoy klubida yiliga 37 million yevro maosh oladi va dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.

Inyesta 2017-yilning oktabrida “Barselona” bilan faoliyatining so‘ngiga qadar shartnoma imzolagandi. Ammo keyinroq Andreas klubni tark etishga qaror qildi.

Hozirda “Tyanszin Syuanszyan” jamoasida bir nechta taniqli futbolchilar to‘p suradi. Jumladan, belgiyalik yarim himoyachi Aksel Vitsel, braziliyalik va fransiyalik hujumchilar Aleshandre Pato hamda Antoni Modest ushbu klub safida o‘ynamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 00:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют