» » Videoso‘rovnoma: O‘zbekiston Superligasi 6-turidagi 16 goldan eng chiroylisini tanlang!

Videoso‘rovnoma: O‘zbekiston Superligasi 6-turidagi 16 goldan eng chiroylisini tanlang!


“Daryo” internet-nashri mushtariylari futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turidan beri har turning eng chiroyli goli borasida o‘z fikrini bildirib kelmoqda. Xususan, “Nasaf” yarim himoyachisi Azizjon G‘aniyev tomonidan “Metallurg” darvozasiga yo‘llangan gol 4-turning eng chiroyli goli deb topilgan bo‘lsa, 5-tur yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada “Paxtakor” darvozasiga “Buxoro” futbolchisi Salamat Qutiboyev tomonidan kiritilgan golga teng keladigani topilmadi.

11—12-aprel kunlari Superligada 6-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Turning olti uchrashuvidan faqat bittasida hisob ochilmadi, qolgan besh uchrashuvda esa muxlislar jami 16 gol guvohiga aylanishdi. Ajoyib sermahsullik, shunday emasmi?

“Daryo” futbol ishqibozlarini O‘zbekiston Superligasi 6-turining eng chiroyli golini aniqlash bo‘yicha so‘rovnomada ishtirok etishga chaqiradi. Gollarni tomosha qiling va sizning nazaringizda eng chiroyli golga ovoz bering!

“Bunyodkor” hujumchisi Shahzod Nurmatov goli

“Bunyodkor” yarim himoyachisi Sardor Sobirxo‘jayev goli

“Metallurg” futbolchisi Shahzod Shaymanov penaltidan urgan gol

“Bunyodkor” sardori Javlon Ibrohimov goli

“Navbahor” yarim himoyachisi Zohir Pirimov goli

“Navbahor” yetakchisi Azizbek Turg‘unboyev goli

“So‘g‘diyona” yarim himoyachisi Jahongir Abdumo‘minov goli

“So‘g‘diyona” futbolchisi Dilmurod Karimov goli

“So‘g‘diyona” yarim himoyachisi Izzat Abdullayev goli

“Lokomotiv” yarim himoyachisi Diyor Turopov goli

“Nasaf” futbolchisi Igor Golban goli

“Nasaf” sardori Dragan Cheran goli

“Paxtakor”ning braziliyalik hujumchisi Tiago Bezerra goli

“Qizilqum”ning serbiyalik hujumchisi Nemanya Yovanovich penaltidan urgan gol

“Paxtakor”ning portugaliyalik hujumchisi Ismoil Gonsalvesh goli

“Buxoro” yarim himoyachisi Aziz Ibragimov goli

Iltimos, so‘rovnomaning yuklanishini biroz kuting.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют