» » Toshkentda koreyalik shifokorlar bolalarni ko‘rikdan o‘tkazdi

Toshkentda koreyalik shifokorlar bolalarni ko‘rikdan o‘tkazdi


Janubiy Koreyaning malakali bolalar tish shifokorlari Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridan kelgan 60 nafar, Toshkent viloyati va Toshkent shahridan 240 nafar kam ta’minlangan oila farzandini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi, deb xabar beradi O‘zA.

Toshkent davlat stomatologiya institutida tashkil etilgan tibbiy ko‘rikda xorijlik mutaxassislar bolalarga og‘iz bo‘shlig‘ini to‘g‘ri parvarishlash, tish yuvish qoidalari hamda og‘iz bo‘shlig‘ida uchraydigan kasalliklar va asoratlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

“Loyiha ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida qator tadbir va aksiyalar o‘tkazib kelayotgan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida amalga oshirildi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют