» » Toshkent viloyatida yong‘in profilaktikasi tadbirlari o‘tkazilmoqda (foto)

Toshkent viloyatida yong‘in profilaktikasi tadbirlari o‘tkazilmoqda (foto)


Toshkent viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi aholi gavjum joylar, xususiy sektor va jamoatchilik muassasalarida yong‘inlar profilaktikasiga qaratilgan tadbirlar o‘tkazmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirlarda ichki ishlar organlari, davlat yong‘in xavfsizlik xizmati, favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tez tibbiy yordam va kommunal korxona-tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Chorvoq oromgohi” hududida o‘tkazilgan tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari davomida yong‘inlarning oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda, harakatlanish tartib-qoidalari, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘ligi uchun zarur bo‘lgan boshqa tavsiyalar berildi. Hozirgi kunda sodir bo‘layotgan yong‘inlar, ularning oqibatida kelib chiqayotgan moddiy zararlar va insonlarning kuyish tan jarohati olishi haqida gapirib o‘tildi. Targ‘ibot tadbirida ishtirokchilar o‘zlari uchun kerakli bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, yong‘inlar profilaktikasi jarayonida “Chorvoq oromgohi” hududida viloyat yong‘in xavfsizligi kuch va vositalarini jalb qilgan holda, yong‘inni o‘chirish bo‘yicha amaliy o‘quv taktik mashqi o‘tkazildi.

Ushbu taktik o‘quv mashqida viloyat yong‘indan muhofaza qiluvchi yong‘in xavfsizligi qismlaridan 3 ta jangovor bo‘linma, 1 ta avtonarvon va targ‘ibot avtobuslari ishtirok etdi.

Tadbirlarda yoz mavsumida olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, bolalarning nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘inlar kelib chiqayotganligi haqida ma’lumotlar keltirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют