» » Jizzax viloyati Zafarobod tumanida yong‘inlar profilaktikasi tadbirlari o‘tkazildi

Jizzax viloyati Zafarobod tumanida yong‘inlar profilaktikasi tadbirlari o‘tkazildi


Jizzax viloyati IIB YoXB Zafarobod tumanida yong‘inlar profilaktikasi tadbirlarini o‘tkazdi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Tadbirda yo‘llarda o‘rnatilgan sun’iy to‘siqlarni olib tashlash, yong‘in o‘chirish yerosti suv olgichlarining doimo soz holatda bo‘lishini ta’minlashga e’tibor qaratilib, bu sodir bo‘lgan yong‘inlarni qisqa muddatda talofatlarsiz o‘chirib olishda muhim ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi. Tadbir davomida korxona, muassasa va tashkilotlarda, shuningdek, yaholi yashash xonadonlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida tushuntirish ishlari olib borilib, yo‘riqnoma va eslatmalar tarqatildi.

Zafarobod shaharchasi “Olmazor” mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvda mazkur mahallaning “Gulchilar” ko‘chasidagi uyda sodir bo‘lgan yong‘in fuqarolar ishtirokida muhokama etildi. Yong‘in natijasida og‘ilxonaning 30 metr kvadrat tom qismiga zarar yetgan. Yig‘ilishda yosh bolalarning qarovsiz qoldirilishi, ularning olov bilan o‘ynashi, xonadon egasining loqaydligi oqibatida yong‘in ro‘y berganligi aytildi.

Tadbirda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif-mulohazalar atroflicha o‘rganilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют