» » G‘allaoroldagi kafelarda o‘tkazilgan yong‘in profilaktikasi tadbirlarida qator kamchiliklar aniqlandi

G‘allaoroldagi kafelarda o‘tkazilgan yong‘in profilaktikasi tadbirlarida qator kamchiliklar aniqlandi


Jizzax viloyati IIB YoXB tomonidan G‘allaorol tumanida yong‘inlar profilaktikasi tadbirlari o‘tkazildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Tuman hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalarida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, “Osiyo” umumiy ovqatlanish shahobchasida 50 litr sig‘imli 2 ta propan gaz ballonlaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagan holda foydalanish holati aniqlandi.

“Obidjon-Qodirjon” umumiy ovqatlanish shahobchasida ham sinov sertifikatiga ega bo‘lmagan propan gaz ballonlari mavjudligi aniqlandi. Tadbir davomida bir qator umumiy ovqatlanish shahobchalarining yong‘in xavfsizligi holati ko‘zdan kechirilib, tabiiy gazdan foydalanish, ochiq olovdan fodalanish, elektr simlarini o‘rnatish va gaz plitalaridan xavfsiz foydalanishga doir jiddiy kamchiliklar aniqlandi.

Yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan obyektda yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida tushuntirish ishlari olib borilib, eslatma va yo‘riqnomalar tarqatildi. Nosoz, nostandart, sinovdan o‘tmagan gaz ballonlaridan foydalanish holatlariga chek qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют