» » Urgutning Chor chinorida nur ichidagi Ka’ba ko‘rinadimi?

Urgutning Chor chinorida nur ichidagi Ka’ba ko‘rinadimi?


Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi Chor chinor ziyoratgohida yil bo‘yi qurimaydigan qaynar buloq bor. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Suvining harorati 17-18 daraja iliq bu suvni to‘yib ichsa ham tomoq og‘rimaydi. Eng muhimi, u ko‘plab kasalliklar — buqoq, oshqozon kasallarini davolash va ichki a’zolardagi toshlarni maydalashi isbotlangan emish. Bu suvdan doim foydalanilganda yuzga ajin tushmas ekan. Hatto 1936- yilda tarqalgan vabo epidemiya vaqtida bu suvdan iste’mol qilganlarga zarar yetmagan.

Qaynar buloq aylanasi 50-60 metr, chuqurligi 40 metr bo‘lgan hovuzdan chiqadi. Sinchiklab qarasangiz suv hovuzning turli taraflaridan qaynab chiqayotganini ko‘rasiz. Qaynab chiqayotgan joyda gohida pufakchalar hosil bo‘lishi kishini ajablantiradi.

Xo‘sh, suv ichiga havo qanday kirib qolgan? Aslida bu jumboqning o‘z javobi bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu suv Urgut tog‘ining ancha yuqorisida hosil bo‘lib, yer osti yo‘llari bilan Chor chinor ziyoratgohidan chiqar ekan. Buloq suvi yilning ba’zi fasllarida ko‘payib, ba’zilarida kamayib qoladi. U kamaygan vaqtda yer osti bo‘shliqlarida havo to‘planib qoladi. Suv ko‘payganda esa havo suv bilan yer yuzasiga ana shunday pufakchalar hosil qilib chiqadi.

Eng qizig‘i, teshik tosh ichidan oqib chiqayotgan suvda nur ichidagi Ka’ba shakl ko‘rinishi. Bu ko‘rinish qaynar buloqqa kelayotgan sayyohlarni juda qiziqtirmoqda. Mahalliy aholi bu mo‘’jiza teshik toshga faqat to‘g‘ridan qaraganda ko‘rinishi, unga soatlab qarasa ko‘z ravshan tortishini aytmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 116) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют