» » UzCard kartalar hisobini naqd pul bilan to‘ldirish mumkin bo‘lgan bankomatlar ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi

UzCard kartalar hisobini naqd pul bilan to‘ldirish mumkin bo‘lgan bankomatlar ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi


UzCard kompaniyasi kartalar hisobini naqd pul bilan to‘ldirish mumkin bo‘lgan (cash-in) bankomatlar ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi, deb yozadi Spot.

Avvalroq UzCard O‘zbekistonda kartalar hisobini naqd pul bilan to‘ldirish mumkin bo‘lgan bankomatlar paydo bo‘lishi haqida ma’lum qilgan edi.

Endi esa ushbu loyihaga xorijiy kompaniyalar, shu jumladan, Litvaning Penki International kompaniyalar guruhi qo‘shilgani ma’lum bo‘ldi, uning vakillari O‘zbekistonga aprel boshida kelib ketgan edi.

Naqd pullarni qabul qilish funksiyasiga ega bo‘lgan bankomatlar (cash-in) odamlar gavjum joylar: metro, bozorlar va savdo markazlariga o‘rnatiladi. Bankomatlar turiga qarab kupyuralarni ikki usul: dastalab yoki bir kupyuradan qabul qiladi.

Birinchi holatda mashina pul dastasini o‘zi hisoblaydi va ekranga umumiy summani chiqaradi. Ikkinchi holatda har bir kupyurani alohida qo‘yish lozim.

Hisobni to‘ldirish uchun bankomatga kartani joylab, naqd pullarni kiritish va ekrandagi menyudan kerakli funksiyani tanlash kifoya.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют