» » GM Uzbekistan 2018-yilning I choragida Rossiyada 4,1 mingta mashina sotdi

GM Uzbekistan 2018-yilning I choragida Rossiyada 4,1 mingta mashina sotdi


GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati 2018-yilning yanvar-martida Rossiyada 4,1 mingdan ortiq Ravon avtomobillarini sotdi, bu 2017-yilning shu davriga nisbatan 2,5 barobar ko‘p demakdir. Bu haqda UzDaily Yevropa biznesi assotsiyatsiyasining Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib xabar berdi.

2018-yilning martida kompaniya savdolarni 2017-yilning shu davriga qaraganda 71 foizga — 1,16 mingta avtomobilgacha ko‘paytirdi.

GM Uzbekistan’ning Rossiya bozoridagi ulushi 2018-yilning yanvar-martida 1 foizga teng bo‘ldi (2017-yilning shu davrida — 0,5 foiz).

2018-yil yanvar-marti yakunlariga ko‘ra, GM Uzbekistan AJ Rossiyada avtomobillar savdosi hajmi bo‘yicha 21-o‘rinni egalladi. GM Uzbekistan modellaridan hech biri hisobot davrida Top-25 bestsellerlar ro‘yxatiga kirmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют