» » Ozbekistonda xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi

Ozbekistonda xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi


Diniy-marifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident farmoniga binoan Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi Huquqiy axborot kanali orqali malum qilindi.

Farmonga muvofiq, Toshkent islom universiteti negizida Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi:

- Quron ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk va b.) va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bolgan sohalar boyicha malakali kadrlarni tayyorlashga, orta maxsus, oliy talim, oliy talimdan keyingi talim, malaka oshirish bosqichlarida uzluksiz talimning yaxlit tizimini tashkil etishga va ilmiy merosni chuqur tadqiq qilish va asrab-avaylashga, diniy va dunyoviy bilim berishga ixtisoslashgan yetakchi talim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;

- respublikadagi barcha islom talim muassasalari faoliyatini oquv-meyoriy va oquv-uslubiy jihatdan taminlash hamda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.

Xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga umumtalim maktablari, orta maxsus va oliy talim muassasalarida sohaga tegishli fanlar boyicha pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqi berildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-04-2018, 21:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -