» » “Katta yettilik” mamlakatlari Rossiyani Skripal ishi bo‘yicha savollarga javob berishga chaqirdi

“Katta yettilik” mamlakatlari Rossiyani Skripal ishi bo‘yicha savollarga javob berishga chaqirdi


“Katta yettilik”ga (G7) kiruvchi mamlakatlar Rossiya hukumatini razvedka boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning Solsberida zaharlanishi bo‘yicha savollarga javob berishga chaqirdi. Talabnoma “yettilik” tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan bayonotga kiritilgan, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Birlashgan Qirollik G7 ishtirokchisi bo‘lgan mamlakatlarni batafsil xabardor qildi (Solsberidagi hodisa haqida). Hujum uchun Rossiya javobgar ekanligi haqidagi Buyuk Britaniya nuqtai nazariga qo‘shilamiz. Buyuk Britaniyaning qonuniy savollariga javob berishdan bosh tortib kelayotgan Rossiyani qoralaymiz… Rossiyani Solsberidagi hodisaga daxldor barcha savollarga zudlik bilan javob berishga chaqiramiz”, — deyiladi bayonotda.

Shu jumladan, bayonotni tuzuvchilar Rossiya hukumatidan Britaniya rasmiylari fikricha, Skripal zaharlangan “Novichok” asab-falaj moddasini ishlab chiqarish dasturi haqidagi barcha ma’lumotlarni fosh etishni talab qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют