» » Sirdaryoda qalbaki diplom bilan faoliyat yuritgan pedagogga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sirdaryoda qalbaki diplom bilan faoliyat yuritgan pedagogga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Sirdaryo viloyati Sardoba tuman IIB xodimlarining sa’y-harakatlari bilan ta’lim maskanida noqonuniy faoliyat olib borayotgan yoshlar tarbiyachisi- to‘garak rahbarining ishlariga chek qo‘yildi. Bu haqda “Daryo”ga Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Nargiza Almamatova oldindan bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, o‘z manfaati yo‘lida muayyan huquq beradigan va majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatni tayyorlatib, uni qalbakilashtirib va hujjatning qalbaki ekanligini bila turib undan foydalandi.Bu qilmishi bilan u vijdon amriga quloq tutmadi, kelajak avlod oldidagi javobgarlikdan qo‘rqmadi”, — deyiladi xabarda.

Yuqoridagilarga asoslanib Nargiza Almamatova O‘zbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi 1-qismi, 228-moddasi 2-qismi (rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va undan foydalanish jinoyati alomatlari) “b” bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topildi.

Hozirda ushbu jinoiy ish bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют