» » Namanganda 21 yoshli qizga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma beriladigan bo‘ldi

Namanganda 21 yoshli qizga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma beriladigan bo‘ldi


Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Sitora G‘ofurjonova tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini endi oldi, deb xabar beradi O‘zA.

Mutasaddi tashkilotlarning befarqligi tufayli Sitora shu paytga qadar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini ololmagan. U hamma qatori avval bog‘chaga, keyin maktabga qatnagan.  Biroq, ushbu muassasalarda undan hujjat so‘ralmagan.

Faqat Sitora G‘ofurjonova hujjatsiz ishga kira olmagani uchun bu masalani hal qilishga uning o‘zi kirishgan. Bu borada u tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) bo‘limiga murojaat qilgan. Bu yerda murojaati rad etilgach u Uchqo‘rg‘on tumani ma’muriy sudiga shikoyat arizasi yo‘llagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Sitora ota-onasi ajrashib ketgach dunyoga kelgan. FHDYo bo‘limi uning arizasini tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani berish uchun yetarli hujjatlari mavjud emasligi sababli rad etgan.

“Sud jarayonida taraflar va guvohlarning ko‘rsatmalari eshitildi hamda ishga qo‘shilgan hujjatlarni atroflicha muhokama qilindi. Aniqlagan holatlarga ko‘ra, FHDYo bo‘limi Sitora G‘ofurjonovaning vajlarini to‘liq o‘rganmagan. U taqdim qilgan hujjatlar orasida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tug‘ruq majmuasi tomonidan Sitoraning onasi Sh.G‘ofurjonova nomiga berilgan ma’lumotnoma mavjud bo‘lgan. Unda ayolning 1997-yil 22-noyabrda qiz farzand tuqqani bayon etilgan. Ushbu tibbiy ma’lumotnoma FHDYo tomonidan asossiz ravishda inobatga olmagan”, —deydi Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov.

Ushbu sabablarga asosan sud Sitora G‘ofurjonovaning shikoyat arizasini qanoatlantirdi. FHDYo bo‘limi zimmasiga Sitoraga tug‘ilganlik haqida guvohnoma yozib berish majburiyati yuklandi. Bu hujjatni olgach u pasport olishi mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют