» » Hukumat o‘qituvchi va shifokorlarni ko‘cha tozalashga jalb etishni taqiqlovchi qaror chiqaradi. Obodonlashtirish xizmati faoliyati kengaytiriladi

Hukumat o‘qituvchi va shifokorlarni ko‘cha tozalashga jalb etishni taqiqlovchi qaror chiqaradi. Obodonlashtirish xizmati faoliyati kengaytiriladi


Ijtimoiy soha xodimlarining obodonlashtirish ishlariga jalb etilishining oldini olish maqsadida obodonlashtirish xizmatining faoliyati kengaytiriladi. O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Komil Allamjonovning ma’lum qilishicha, buning uchun Vazirlar Mahkamasi tegishli qaror qabul qiladi.

Mavzuga doir: Komil Allamjonov: Ko‘zbo‘yamachilikka uringan yoki buning oldini olmagan rahbarlar qattiq jazolanadi (video)

17-aprel kuni Prezident matbuot xizmati Press-xollida Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyati faollari bilan yig‘ilishda ijtimoiy soha xodimlarining obodonlashtirish ishlariga jalb etilayotgani, ayrim joylarda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilayotgani bo‘yicha bildirgan tanqidiy fikrlaridan so‘ng ko‘rilayotgan choralarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari 13-aprel kuni Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida viloyatlarga safarlar oldidan ijtimoiy soha xodimlarining obodonlashtirish ishlariga jalb etilayotgani, ayrim joylarda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilayotganini jiddiy tanqid ostiga oldi. Bu lavha OAV orqali barchaning e’tiboriga havola qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning mazkur so‘zlaridan keyin ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot bermoqchiman.

Prezident bunday holatlar yana qaytarilmasligi uchun huquqiy mexanizm yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Topshiriqqa ko‘ra, aholini, ayniqsa, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasi xodimlarini, talabalarni obodonlashtirish ishlariga jalb etishni qat’iy taqiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori ishlab chiqiladi.

Ushbu qarorda joylardagi obodonlashtirish xizmatlari faoliyatini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar ham aks etadi. Bunda xorijiy davlatlarning bu boradagi tajribasi inobatga olinadi. Fuqarolarni jamoat ishlariga majburlash holatlari shundan keyin ham qaytarilsa, Prezident ta’kidlaganidek, jazo qattiq bo‘ladi. Jumladan, jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

Komil Allamjonov, O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi

Bundan tashqari, Komil Allamjonov Prezident samarqandlik 23 yoshli o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning bevaqt o‘limiga sababchi mansabdorlarni yuridik javobgarlikka tortish bo‘yicha Bosh prokuraturaga ko‘rsatma bergani haqida ham aytib o‘tdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Diana Yenikeyevaning o‘limiga sababchi mansabdorlarni jazolash bo‘yicha topshiriq berdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют