» » Komil Allamjonov: Prezident ko‘zbo‘yamachiliklardan qattiq norozi. Qashqadaryodagi soxta issiqxonalar bo‘yicha ham tekshiruv o‘tkaziladi

Komil Allamjonov: Prezident ko‘zbo‘yamachiliklardan qattiq norozi. Qashqadaryodagi soxta issiqxonalar bo‘yicha ham tekshiruv o‘tkaziladi


Prezidentning viloyatning tashriflari chog‘ida taqdim etilgan turli loyihalar chuqur inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Komil Allamjonov 17-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Prezident mahalliylashtirishdagi ko‘zbo‘yamachilik haqida gapirgan edi. U — issiqxonalar, tomlar, bolalar maydonchalarida ham bor

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida joylarda mahalliy amaldorlar tomonidan turli ko‘zbo‘yamachilik holatlariga yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qilgan edi. Komil Allamjonov Prezidentning ushbu bayonotidan so‘ng ko‘rilayotgan choralar haqida axborot berdi.

Prezident o‘z nutqida joylardagi ko‘zbo‘yamachilik holatlaridan ham qattiq norozi ekanligini bildirdi. Qayd etilgan xo‘jako‘rsin ishlar yuzasidan prokurorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Jumladan, Qashqadaryoda yo‘l bo‘ylarida yasalgan soxta issiqxonalar, Jizzaxdagi tibbiyot muassasasida eski jihozlar o‘rnatilgani va kasallarni onlayn ro‘yxatga olish dasturi ishlamasligi kabi holatlar tekshiriladi.

Viloyatlarga tashriflar chog‘ida ko‘rsatilgan, jumladan, bank rahbarlari tomonidan taqdim etilgan loyihalarni chuqur va tahliliy inventarizatsiyadan o‘tkazish, kamchiliklar aniqlangudek bo‘lsa, keskin choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Prezident yana shunday ko‘zbo‘yamachilik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy va qat’iy nazorat o‘rnatish zarurligini ta’kidladi. Ko‘zbo‘yamachilikka uringan yoki buning oldini olmagan rahbarlar qattiq jazolanadi.

Davlatimiz rahbari bergan topshiriqlar ijrosi, aybdorlarning jazolanganligi haqida OAV, jumladan, Bosh prokuratura huzuridagi Mediamarkaz orqali xabarlar berib boriladi.

Komil Allamjonov, O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi

Bundan tashqari, Prezidentning Samarqand viloyatiga tashrifi arafasida yo‘l o‘rtasidagi to‘siqlarni oqlayotgan o‘qituvchi — Diana Yenikeyevaning YTH oqibatida halok bo‘lgani munosabati bilan, Komil Allamjonovning ma’lum qilishicha, hukumat tomonidan endi o‘qituvchi va shifokorlarni ko‘cha tozalash va boshqa obodonlashtirish ishlariga jalb etilishining oldini olishga qaratilgan qaror qabul qilinadi.

Mavzuga doir: Hukumat o‘qituvchi va shifokorlarni ko‘cha tozalashga jalb etishni taqiqlovchi qaror chiqaradi. Obodonlashtirish xizmati faoliyati kengaytiriladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют