» » Latviya parlamenti delegatsiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdi

Latviya parlamenti delegatsiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 17-aprel kuni Latviya Respublikasi Seymi Raisi Inara Murniyetse rahbarligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov O‘zbekiston va Latviya o‘rtasida o‘zaro ishonch hamda manfaatdorlikka asoslangan munosabatlar parlamentarizm sohasida izchil rivojlanayotgani qayd etdi. Ikki mamlakatni ko‘p yillik hamkorlik va mustahkam do‘stlik rishtalari bog‘lab turishi, qonun ijodkorligi borasidagi faol aloqalar va o‘zaro maslahatlashuvlar teng huquqlilikka asoslangan sheriklik munosabatlarining yana bir ifodasi ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston bilan Latviya o‘rtasidagi munosabatlar mustahkam huquqiy asosga ega. 1992-yilda mamlakatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan buyon o‘zaro hamkorlikning deyarli barcha sohalariga oid davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo ko‘plab hujjatlar imzolangan.

Qonun chiqaruvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlik ijobiy samaralarini bermoqda. 2010-yilda Latviya Seymida ta’sis etilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan hamkorlik bo‘yicha guruh hamda 2012-yilda O‘zbekiston parlamentida tashkil qilingan Latviya Seymi bilan hamkorlik bo‘yicha guruh o‘zaro tajriba almashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning me’yoriy-huquqiy bazasi, hamkorlikning huquqiy-kelishuv asoslarini takomillashtirishga oid masalalar muhokama qilindi. Uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilgan O‘zbekiston – Latviya hamkorlik komissiyasi olib borayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda mehmonlarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, undagi qo‘mitalar, fraksiyalar va deputatlik guruhlarining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют