» » O‘zbekiston va Turkiya parlamentariylari hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi

O‘zbekiston va Turkiya parlamentariylari hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi


Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida 5-mart kuni Turkiya parlamentining “Turkiya – O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Haydar Ali Yildiz boshchiligidagi Turkiya Buyuk millat majlisi delegatsiyasi bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Senat raisi N. Yo‘ldoshev bilan uchrashuvda do‘stlik va o‘zaro ishonchga asoslangan O‘zbekiston – Turkiya hamkorligi turli yo‘nalishlarda jadal taraqqiy etayotgani, parlamentlararo aloqalar mustahkamlanib borayotgani esa o‘zaro munosabatlarning yanada kengayishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Qonunchilik palatasi spikeri N. Ismoilov bilan suhbatda ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi aloqalar, shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati, uni yanada rivojlantirish hamda chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Mehmonlarga mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘zlab berildi.

Uchrashuvlarda Haydar Ali Yildiz so‘nggi paytlarda ikki mamlakatning oliy vakillik organlari o‘rtasidagi aloqalar faol rivojlanayotganini alohida ta’kidladi. Bu kabi amaliy muloqotlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va albatta parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Shuningdek, Turkiya parlamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Oliy Majlisning Turkiya Buyuk millat majlisi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi bilan Buyuk millat majlisining “Turkiya – O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhining ilk qo‘shma majlisi o‘tkazildi.

Muzokara yakunida Oliy Majlisning Buyuk millat majlisi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi bilan “Turkiya – O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2018-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) imzolandi.

Turkiya delegatsiyasining tashrifi doirasida O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum va kooperatsion birja ham o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют