» » Endi majburiy mehnat bilan bog‘liq har bir holat “favqulodda hodisa” sifatida ko‘rib chiqiladi

Endi majburiy mehnat bilan bog‘liq har bir holat “favqulodda hodisa” sifatida ko‘rib chiqiladi


O‘zbekiston hukumati endi majburiy mehnat bilan bog‘liq har bir holatni “favqulodda hodisa” sifatida ko‘rib chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 17-aprel kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Abdulla Aripovning ta’kidlashicha, hududlardagi rahbarlarning ta’lim va tibbiyot xodimlarini o‘z sohasiga taalluqli bo‘lmagan ishlarga jalb etishi, ko‘zbo‘yamachiliklarga yo‘l qo‘yishi holatlari mamlakatda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan siyosatga ziyon yetkazmoqda.

“Hukumatga alohida topshiriq berildi: har bir shunday holat endi favqulodda hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi”, — dedi O‘zbekiston bosh vaziri.

Bosh vazirning qayd etishicha, Prezidentning viloyatlarga tashriflari arafasida ta’lim, tibbiyot xodimlarini obodonlashtirish ishlariga jalb etish barcha hududlarda avj olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют