» » Shahzoda Garri qirollik oilasining eng chiroyli erkagi deb topildi

Shahzoda Garri qirollik oilasining eng chiroyli erkagi deb topildi


Shahzoda Garri qirollik oilasidagi eng chiroyli erkak deb topildi. Bu haqda 17-aprel kuni Daily Mail xabar berdi, deb yozadi “Metro”.

Shahzoda Garrining yuzi qarindoshlari orasida eng simmetrik ekanligi ta’kidlanmoqda. London plastik jarrohlik markazi rahbari shifokor Julian De Silva yuqoridagi xulosaga keldi. U qirollik oilasining barcha yosh erkaklari yuzlarini taqqoslab ko‘rdi va Garrining yuz ko‘rsatkichlari 81,4 foiz to‘pladi.

Kembridj gersogi Uilyam ukasidan atigi 0,5 foiz ortda qoldi — unga cho‘zinchoq yuzi pand berdi. Shuningdek, malika Annaning o‘g‘li 40 yoshli Piter Fillips (80,4 foiz) va Zara Fillipsning turmush o‘rtog‘i va regbi yulduzi Mark Tindall (76,7 foiz) ham yetakchilar safidan joy oldi.

Mart oyida De Silva qirollik oilasi ayollari o‘rtasida ham yuqoridagi kabi tadqiqot o‘tkazgan edi. O‘shanda birinchi o‘rinni shahzoda Garrining qallig‘i Megan Markl (87,4 foiz) egallagan edi. Shahzoda Uilyamning rafiqasi Keyt 86,8 foiz, Zara Fillips 81,6 foiz to‘plagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют