» » Samarqanddagi uyga kirgan bosqinchi 38 yoshli ayolni yaralab, ziragi va telefonlarini olib ketdi

Samarqanddagi uyga kirgan bosqinchi 38 yoshli ayolni yaralab, ziragi va telefonlarini olib ketdi


Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi xonadonlardan birida 16-aprel kuni bosqinchilik holati qayd etildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

Shu kuni soat 06:00 atrofida noma’lum shaxs 1980-yilda tug‘ilgan M.Jabborovaning uyiga ochiq qolgan deraza orqali kiradi. Ayolga pichoq bilan jarohat yetkazib, qulog‘idagi ziragi va 2 ta mobil telefonini olib, voqea joyidan yashirinadi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chimboy mahallasida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan F.Niyozov sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют