» » Latviya Farg‘onada Axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi filialini ochishni rejalashtirmoqda

Latviya Farg‘onada Axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi filialini ochishni rejalashtirmoqda


Tashqi savdo vazirligida Latviya Seymi raisi Inara Murniyetse boshchiligidagi Latviya delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Latviya transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor beradi. Shu munosabat bilan Latviya delegatsiyasi tomonidan ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida aviaparvozlar sonini ko‘paytirish masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi. O‘z navbatida, o‘zbek tomoni yuk tashish tariflari, jumladan, temir yo‘l transporti orqali tashish uchun chegirmalar taqdim etish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama hukumatlararo komissiya majlisidan oldin savollarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi. Latviya tomoni komissiyaning kelgusidagi majlisi tartibini mamlakat atrof-muhitni muhofaza qilish va mintaqaviy rivojlanish vaziri K. Gerxardsning O‘zbekistonga tashrifi doirasida muhokama qilinishi haqida ma’lumot berdi. Latviya parlamenti a’zolari hukumatlararo muzokaralardan tashqari ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishga imkon beruvchi O‘zbekiston — Latviya biznes-kengashini tashkil etishni taklif qildi.

Uchrashuv doirasida Latviya delegatsiyasi O‘zbekistonning Boltiqbo‘yi mintaqasida savdo-iqtisodiy manfaatlarini ilgari surishga tayyor ekanini ta’kidladi. Xususan, ayrim masalalarni muhokama qilish uchun Latviya faol ishtirok etadigan “Shimoliy Boltiqbo‘yi sakkizligi” maydonidan foydalanish taklif etildi.

Uchrashuv doirasida Latviya tomonidan Farg‘onada “Turizm, mehmonxona va restoran xizmatlari” yo‘nalishi bo‘yicha Axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi filialini ochish, shuningdek, elektron hukumat va yashil texnologiyalar sohalarida hamkorlik qilishda qiziqish bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют