» » Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ochilishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ochilishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi


Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ochilishi munosabati bilan tabrik telegrammasi yo‘lladi. Uning matni Rossiya hukumati rasmiy saytida keltirildi.

Tabrikda, jumladan, shunday deyiladi:

“Aziz do‘stlar!

Sizlarni Qandim gazni qayta ishlash majmuasi muddatidan avval ish boshlayotgani bilan tabriklayman. Bu Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlarimiz ahamiyatini ko‘rsatuvchi muhim voqeadir. 

Muhandislar, geologlar va quruvchilardan iborat ko‘p ming kishilik jamoaning mashaqqatli mehnati tufayli majmua rekord darajada qisqa muddat — atigi ikki yilda barpo etildi. Korxona qayta ishlash samaradorligi va ekologik xavfsizlik bo‘yicha eng zamonaviy texnologik talablarga javob beradi. 

Tabiiy gazning mavjud 8,1 milliard kubometr quvvati bilan majmua Markaziy Osiyodagi eng yirik korxonalardan biriga aylanadi. Qandim konlarini o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutadi. 

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ochilishi O‘zbekiston neftgaz sohasi va butun iqtisodiyotining yanada rivoj topishi, enegetikada ikki davlatning o‘zaro sherikligi uchun katta imkoniyatlar borligini tasdiqlashga xizmat qiladi. Zero, ‘Qandim—Xauzak — Shodi’ loyihasi doirasida jami 200 milliard kubometr gaz qazib olinishi mo‘ljallanmoqda.

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi bazasida Rossiya va O‘zbekiston iqtisodiyotlariga naf keltiradigan hamkorlikdagi yangi tashabbuslar amalga oshirilishiga ishonch bildiraman”. 

Eslatib o‘tamiz, Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют