» » O‘zbekistonda hukumat uchun alohida mobil aloqa tizimi yaratiladi

O‘zbekistonda hukumat uchun alohida mobil aloqa tizimi yaratiladi


O‘zbekistonda hukumat mobil aloqa tizimi yaratiladi, deya xabar bermoqda Spot. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Investitsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlari jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, 2019-yil 1-yanvargacha loyihaviy boshqaruv bo‘yicha Yagona milliy axborot tizimi yaratiladi, u davlat va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalanadi.

Qarorda telekommunikatsiya xizmatlari uchun budjet mablag‘larini tejash imkonini beruvchi, telefon suhbatlari xavfsizligi va nazoratini ta’minlovchi hukumat mobil aloqa tizimini yaratish ko‘zda tutilgan.

1-iyulgacha loyihani moliyalashtirish bo‘yicha takliflar kiritiladi, 1-avgustgacha esa uning texnik-iqtisodiy asosi tayyorlanadi.

1-noyabrgacha loyiha Toshkentda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sinov rejimida ishga tushiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют