» » “Yandeks” Toshkentda “O‘zbekiston tovarlarini qanday qilib Rossiyaga internet orqali sotish mumkin” mavzusida seminar o‘tkazadi

“Yandeks” Toshkentda “O‘zbekiston tovarlarini qanday qilib Rossiyaga internet orqali sotish mumkin” mavzusida seminar o‘tkazadi


“Yandeks” Toshkentda “O‘zbekiston tovarlarini qanday qilib Rossiyaga internet orqali sotish mumkin” mavzusiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazadi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar berdi.

Seminar 25—27-aprel kunlari Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadigan RF Expo-Russia Uzbekistan 2018 Rossiya tovar ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazmasi doirasida o‘tkaziladi.

“26-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazma doirasida o‘zbek va rus kompaniyalari ishtirokida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokalar hamda ‘Yandeks’ kompaniyasi tomonidan ‘O‘zbekiston tovarlarini qanday qilib Rossiyaga internet orqali sotish mumkin’ mavzusida seminar o‘tkazish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Ko‘rgazma dasturida ishtirok etish uchun +998(71) 233?37?99 telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют