» » O‘zbekiston ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov Samarqand viloyatida bo‘ldi

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov Samarqand viloyatida bo‘ldi


O‘zbekiston ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov mas’ul xodimlar bilan birga Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Zokirjon Almatov ikki kunlik tashrif davomida Samarqand viloyati ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Jumladan, profilaktika inspektoriga yaratilayotgan shart-sharoitlar, viloyat IIB tomonidan “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi hamda yangi qurilayotgan viloyat IIB ma’muriy binosi bilan tanishib, Yong‘in xavsizligi boshqarmasi uchun bunyod etilgan yangi inshootning ochilish marosimida qatnashdi.

Zokirjon Almatov ichki ishlar organlari oldida turgan dolzarb masalalar va vazifalar yuzasidan xodimlarga va mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berdi.

“Bundan tashqari, ichki ishlar organlari xodimlari, shahar-tuman hokimlari va ularning yoshlar bo‘yicha hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, imom-xatiblar, ‘Nuroniy’ jamg‘armasi va Yoshlar ittifoqi raislari, shahar-tuman faollari hamda iqtidorli yoshlari bilan Samarqand viloyati hokimligida hamda Kattaqo‘rg‘on shahar Majidiy teatrida ochiq muloqot o‘tkazildi”, — deyiladi boshqarma axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют