» » O‘zbekistonda yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish elektron auksion orqali amalga oshiriladi

O‘zbekistonda yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish elektron auksion orqali amalga oshiriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Qarorda ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston Prezidentining virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan yer uchastkalarini berishdagi huquqbuzarliklar yoki ularni asossiz olib qo‘yish bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar yer uchastkalarini berishning tanlov tartibi lozim darajada yo‘lga qo‘yilmaganligini ko‘rsatmoqda.

Vakolatli organlar faoliyatida yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish va kelishishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan to‘liq hajmda foydalanish ta’minlanmayapti, bu esa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarining cho‘zilishiga va byurokratik to‘siqlarga sabab bo‘lmoqda.

Ko‘pchilik aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari mavjud emasligi, eskirgan va zamonaviy talablarga javob bermaydigan shaharsozlik normalari va qoidalari kompleks qurish talablariga rioya etilmasligiga va aholi punktlarining me’moriy qiyofasi yomonlashuviga olib kelmoqda.

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlardagi byurokratik tartib-taomillar va to‘siqlarni qisqartirish maqsadida 2018-yil 1-iyuldan boshlab:

Qurilish vazirligigi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют