» » Qirg‘iziston O‘zbekistonga vaqtincha foydalanish uchun Issiqko‘ldagi 4 ta pansionatni topshiradi

Qirg‘iziston O‘zbekistonga vaqtincha foydalanish uchun Issiqko‘ldagi 4 ta pansionatni topshiradi


Qirg‘iziston Issiqko‘l tumanidagi to‘rtta pansionat joylashgan yer uchastkalarini O‘zbekistonga vaqtincha foydalanishga berish bo‘yicha qaror chiqardi. Tegishli qarorni Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov imzoladi, deb xabar berdi “Kommersant.uz”.

Ushbu qaror 1994-yil 24-dekabrda qabul qilingan ikki mamlakat o‘rtasida abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi bitim asosida tuzildi.

Hujjat sayyohlikni rivojlantirish va to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan. Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning Issiqko‘l tumanidagi “Zolotiye peski”, “Rohat NBU”, “Dilorom” hamda “Bo‘ston” pansionatlari hududida joylashgan bino va inshootlarga egalik huquqini rasmiylashtirish tartibi o‘rnatilmoqda.

Shu bilan birga, ushbu obyektlarga berilgan yer uchastkalari Qirg‘izistonning mulki hisoblanadi va vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi. O‘zbekiston tomoni, o‘z navbatida, pansionatlarni 3–4 yulduzli darajaga olib chiqish, qurilish ishlari davrida, shuningdek, keyinchalik foydalanish paytida ham bu yerdagi ishchi kuchining kamida 80 foizini Qirg‘iziston fuqarolari tashkil etishi borasida majburiyatni o‘z zimmasiga oladi.

Kelishuvlarga ko‘ra, O‘zbekiston Xalqaro arbitraj sudiga bergan da’vo arizasini qaytarib oladi. Shu orqali mavjud barcha kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilish ta’minlanadi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют