» » O‘zbekistonning televizion reklama bozori: Yuksalish sari yo‘nalish

O‘zbekistonning televizion reklama bozori: Yuksalish sari yo‘nalish


Oxirgi yillarda o‘zgarishlar O‘zbekistondagi barcha jabhalarga o‘z ta’sirini o‘tkazdi, bu xoh ijtimoiy soha bo‘lsin, xoh madaniyat, siyosat yoki iqtisodiy soha bo‘lsin. O‘tkazilayotgan qator iqtisodiy islohotlar doirasida O‘zbekistonda ishbilarmonlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda, bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston bozoriga chet el investorlarini (sarmoyadorlarini) jalb etmoqda va korxonalar sonining o‘sishiga olib kelmoqda. Bozorlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari va raqobat o‘smoqda. Raqobat bozorida reklama aloqalarining barcha imkoniyatlaridan foydalangan holda iste’molchilarga ma’lumot etkazib berayotganlar ustunlikka ega bo‘lmoqdalar.

Taklif etilayotgan aloqa vositalarining xilma-xilligiga qaramay, televideniye va televizion reklama asosiy marketing vositasi bo‘lib qolmoqda. Televizion reklamaning savdoga oid vazifa va imkoniyatlaridan tashqari, televideniye muhim ijtimoiy vazifalarni ham bajaradi. Aholini O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan o‘z vaqtida va yuqori darajada xabardor qilish, ma’lum maqsad bilan ma’lumot uzatish, sifatli kontent bilan birgalikda televideniyeni o‘zgarishlarni boshlab beruvchi omilga aylantirmoqda.

Mediya sohasidagi fikrlar va rejalar ko‘p vaqtdan beri muhokama qilinib kelinmoqda. 2016-yil noyabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan mediaforum birinchi qaldirg‘och bo‘lib xizmat qildi. Forumning maqsadlaridan biri mass-media bozorining ishtirokchilari muloqot o‘tkazadigan va mamlakatimiz media bozorining rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish imkonini beruvchi maydon yaratish edi. Xalqaro tajribani o‘rganib chiqish ham nazardan chetda qolmadi va shu maqsad doirasida televizion reklamalarni sotish bo‘yicha tan olingan  ekspert — International Media Service (IMS) kompaniyasi jalb etildi.

International Media Service (IMS) kompaniyasi bu — mustaqil media operatoridir. Kompaniya TV kanallarning reklama imkoniyatlarini sotishga ixtisoslashgan bo‘lib, bozorni baholash, televizion konsalting va narx-navoni shakllantirish sohalarida o‘ziga xos uslubga ega. IMS kompaniyasi shu kabi xalqaro dasturlarni amalga oshirish borasida yeratlicha tajribaga ega. IMS menejerlari Armaniston, Ukraina, Qozog‘iston va Moldova davlatlarida shu kabi dasturlarni  ishlab chiqishgan. O‘zbekistonda ushbu kompaniya bir qator televizion kompaniyalarga xizmat ko‘rsatadi va reklama maydonlarida ularning huquqlarini himoya qiladi, narx-navoni shakllantiradi. Maqsad – telekanallarning reklama orqali keladigan daromadini oshirish. Telekanallar daromadining oshishi kontent turli-tumanligi va sifatining ko‘tarilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazadi, tomoshabinlar e’tiborini saqlab qolish imkonini yaratadi. Turli media orasida tomoshabinlar e’tibori uchun raqobat ketayotgan hozirgi davrda bu ayniqsa, dolzarb masala.

Televizion kanallarni qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda, IMS O‘zbekiston reklama bozorini rivojlantirishda ham faol ishtirok etmoqda. Televideniye va reklama industriyasi ishtirokchilari tomonidan tarmoqni birlashtirishga yo‘naltirilgan Milliy Media Kengashi joriy etilgan. O‘tkazilgan tanlov natijasida Milliy Media Kengashi O‘zbekistonga WPP xalqaro xoldingi tarkibiga kiruvchi KANTAR TNS nomli yirik xalqaro tadqiqot kompaniyasini jalb etdi. Maqsad – televizion tadqiqotlar olib borish va televideniye tomoshabinlari nimani afzal ko‘rishlarini aniqlash. Televizion o‘lchashlar – televideniye bozorining juda muhim qismi hisoblanib, barcha bozor ishtirokchilari uchun telekanallar va dasturlarning ommabopligi, tomoshabinlar tanlovi, har bir tadbirning tomoshabinlari tarkibi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Telekanallar tomoshabinlarning istaklaridan kelib chiqqan holda, ular tomosha qilishi uchun qiziq bo‘lgan ko‘rsatuvlar tizimini shakllantirishlari mumkin bo‘ladi.

Bu kabi islohotlar o‘zbek bozoriga turtki bo‘lib xizmat qilib, Procter&Gamble, Mondelez International, Unilever, Danone, Reckitt Benckiser va shu kabi ko‘plab yirik xalqaro reklama beruvchi kompaniyalar sarmoyalarini O‘zbekistonga jalb qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют