» » O‘zbekistonda ilk bor telemahsulot ishlab chiqaruvchilar, reklama beruvchilar va media bozorning boshqa ishtirokchilarini birlashtiruvchi loyiha ishga tushirildi

O‘zbekistonda ilk bor telemahsulot ishlab chiqaruvchilar, reklama beruvchilar va media bozorning boshqa ishtirokchilarini birlashtiruvchi loyiha ishga tushirildi


O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi media markazida ilk bor Media content-market MTRK-2018 loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda zamonaviy televideniye imkoniyatlari namoyish etildi, deya xabar beradi O‘zA.

Taqdimotda teleradiokompaniya xodimlari, respublika OAV vakillari, xorijiy hamkorlar ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, O‘zbekistonda ilk bor televizion mahsulot ishlab chiqaruvchilar, reklama beruvchilar va media bozorning boshqa ishtirokchilarini birlashtiruvchi keng ko‘lamli loyiha ishga tushirilmoqda. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad OAVning o‘zaro hamkorligi uchun samarali maydon yaratish va milliy televideniyeni rivojlantirishdan iborat.

Taqdimotda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Alisher Xo‘jayev telekanallarda namoyish etiladigan informatsion dasturlar, teleloyihalar, barcha turdagi media-mahsulotlarni tomoshabinga zamonaviy formatda, sifatli tarzda yetkazib berish endilikda yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlab o‘tdi.

Taqdimot jarayonida bo‘lajak mavsumda tomoshabinlarga taqdim etiladigan milliy va xorijiy seriallarning qisqacha anonsi namoyish etildi. Unga ko‘ra, 2018-yilda telekanallar orqali “Mehmonxona – 2”, “Zurriyot-2”, “O‘gay ona”, “Tugun”, “Saodat-2” kabi milliy seriallar namoyish etiladi.

Shuningdek, turli ko‘ngilochar shou dasturlar, sport voqealari translyatsiyasi kabi yangi televizion mahsulotlarining video taqdimoti bo‘lib o‘tdi. TV-kanallar va reklama beruvchilarning yaqin hamkorligi asosida yangi, yirik va qiziqarli premera va anonslar ilk bora mazkur forum doirasida translyatsiya qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют