» » Bo‘stonliqda 20 yashar yigit qarindoshining mashinasini olib qochib, beton to‘siqqa urdi

Bo‘stonliqda 20 yashar yigit qarindoshining mashinasini olib qochib, beton to‘siqqa urdi


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Sijjak mahallasida yashovchi B.Normetov IIBga murojaat qilib, 17-aprel kuni soat 10:00 atrofida Matiz rusumli mashinasini mahalladagi Navolisoy ko‘chasidan beton to‘siqqa urilgan holda topganligini ma’lum qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 17-aprelga o‘tar kechasi B.Normetovning qarindoshi — Sijjak mahallasida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan N.Alimboyev uyi oldida joylashgan garajdan Normetovga tegishli mashinani haydab qochib, beton to‘siqqa urgani aniqlandi.

U avtomobilni shu yerda tashlab, o‘zi voqea joyidan yashirinadi. Ko‘rilgan choralar natijasida N.Alimboyev ushlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют