» » “Barselona” “Sevilya” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, Ispaniya kubogi sohibiga aylandi (video) 

“Barselona” “Sevilya” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, Ispaniya kubogi sohibiga aylandi (video) 


Ispaniya kubogi 2017/18-yilgi mavsumining final bellashuvi yakuniga yetdi.

“Atletiko Madrid”ning uy stadioni Vanda Metropolitano’da “Barselona” “Sevilya” bilan bahs olib bordi.

O‘yin “Barselona”ning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Luis Suares hisobni ochdi. 31-daqiqaga kelib Leo Messi farqni 2 taga oshirdi. 40-daqiqada esa yana Luis Suares gol kiritib, dublga erishdi. Ikkinchi bo‘limning 7-daqiqasida “Barselona”ni yozda tark etadigan Andres Inyesta ham gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yindagi so‘nggi gol penaltidan kirtildi. Gol muallifi Filippe Koutinyo.

Shu tariqa “Barselona” Ispaniya kubogini o‘z tarixida 30-marta qo‘lga kiritdi. Bu Ispaniyada mutlaq rekord hisoblanadi.

Ispaniya kubogi

Final bellashuvi

21-aprel, shanba

Gollar: 0:1 – 14 Suares, 0:2 – 31 Messi, 0:3 – 40 Suares, 0:4 – 52 Inyesta, 0:5 – 69, penalti Koutinyo.

“Sevilya”: Soriya, Langle, Merkado, Eskudero, Navas, Nzonzi, Banega, Vaskes (Nolito, 86), Sarabiya (Layyun, 82), Korrea (Sandro Ramires, 46), Muriel.

“Barselona”: Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Koutinyo (Dembele, 82), Serji Roberto, Rakitich, Buskets (Paulinyo, 76), Inyesta (Denis Suares, 88), Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Merkado (34), Eskudero (38), Inyesta (67), Buskets (74), Vaskes (74).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2018, 02:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют