» » Qozog‘istonning Jambul viloyatida 17 nafar o‘zbekistonlikni olib ketayotgan mikroavtobus ag‘darildi. 3 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi yaralandi

Qozog‘istonning Jambul viloyatida 17 nafar o‘zbekistonlikni olib ketayotgan mikroavtobus ag‘darildi. 3 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi yaralandi


Qozog‘istonning Jambul viloyati, Korday tumanidan o‘tuvchi “G‘arbiy Yevropa — G‘arbiy Xitoy” avtomobil yo‘lining 205 kilometrida 21-aprel, soat 07:40 da “Olmaota-Chimkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan, davlat raqami 048 AXZ/13 bo‘lgan Mersedec Sprinter mikroavtobusi tosh uyumiga urilib, halokatga uchradi. Bu haqda O‘zbekiston FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Mikroavtobusda 19 kishi bo‘lib, ularning 17 nafari O‘zbekiston, 2 nafari Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi yaralandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning ikki nafari O‘zbekiston, bir nafari Qozog‘iston fuqarosi.

Jarohatlanganlarning barchasi o‘zbekistonlik bo‘lib, Jambul viloyatining Korday tumani markaziy kasalxonasiga joylashtirildi.

YTH oqibatida halok bo‘lganlar:

Sh.Madatov, 1977-yilda tug‘ilgan;

A. Teshabayev, 1971-yilda tug‘ilgan.

Halok bo‘lganlarning jasadi Korday tumani markaziy kasalxonasida saqlanmoqda.

YTH oqibatida jabrlanganlar:

M. Nurpeisov, 1965-yilda tug‘ilgan;

I. Jamalov, 1971-yilda tug‘ilgan;

A. Hakimov, 1969-yilda tug‘ilgan;

B. Kalmurzayev, 1994-yilda tug‘ilgan;

E. Husanov, 1986-yilda tug‘ilgan;

X. Davronov, 1976-yilda tug‘ilgan;

A. Madatov, 1968-yilda tug‘ilgan;

D. Madatov, 1981-yilda tug‘ilgan.

O‘zbekiston FVV “Tezkor raqamlari”: (+998 71) 147-10-50;

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi: (+7 727) 291-06-44.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют