» » Toshkentda MDXAI delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkentda MDXAI delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2018-yilning 21-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Moskva davlat xalqaro aloqalar institutining (universitet) prorektori Artyom Malgin boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Uchrashuv jarayonida ta’lim sohasidagi O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston TIVning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va MDXAI(U) o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq amaliy masalalar muammolarining e’tibor markazidan joy oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют