» » Toshkent shahar YHXB boshlig‘i Pushkin ko‘chasi avtomobillar harakati uchun ochilishi haqidagi savolga javob berdi

Toshkent shahar YHXB boshlig‘i Pushkin ko‘chasi avtomobillar harakati uchun ochilishi haqidagi savolga javob berdi


Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Barat Mamenov 21-aprel kuni OAV vakillari bilan matbuot anjumani o‘tkazdi, deb yozadi Repost. Savollardan biri poytaxtdagi avtomobillar yurishi uchun yopiq bo‘lgan Pushkin ko‘chasi haqida bo‘ldi.

Mamenov eski yo‘llarni ochish masalasi boshqarma vakolatiga kirmasligini va boshqa darajada hal qilinishini aytdi. Ammo uni ushbu ko‘chada avtomobillar harakatining yo‘qligi xavfsizlik nuqtai nazaridan qoniqtirishini ta’kidladi.

Pushkin ko‘chasi — 1865-yildan keyin qurilgan, shaharning eng eski ko‘chalaridan biri. 2008-yil mayidan boshlab ko‘chaga Mustaqillik nomi berilgan. Ko‘chada harakat tiklanishi haqidagi savollar Toshkentda ilgari yopiq bo‘lgan ko‘chalar yana ochila boshlaganidan keyin ko‘tarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют