» » Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi tayinlandi


Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib Farhod O‘rozboyevich Ermanov tasdiqlandi, deb yozadi “Gazeta.uz”. U shu paytgacha Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani hokimi bo‘lib ishlagan.

Tashkiliy masala 21-aprel, shanba kuni Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ko‘rib chiqilgan.

Farhod Ermanov (1958-yilda tug‘ilgan) Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (1981) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1996) bitiruvchisi. Senator, parlament yuqori palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi.

1995—1998-yillarda Amudaryo tumani hokimi, 2004—2010-yillarda Qoraqalpog‘iston qishloq va suv xo‘jaligi vaziri bo‘lib ishlagan.

2017-yil sentabridan Xorazm viloyatiga Ilgizar Matyoqubovich Sobirov (2006—2015-yillarda u O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi bo‘lgan) hokim bo‘lgan. Ma’lumotlarga qaraganda, u sog‘lig‘i tufayli lavozimidan ozod etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют