» » Mudofaa vazirligi harbiy orkestri Pekinda o‘tkaziladigan xalqaro festivalda ishtirok etadi

Mudofaa vazirligi harbiy orkestri Pekinda o‘tkaziladigan xalqaro festivalda ishtirok etadi


O‘zbekiston Mudofaa vazirligi markaziy harbiy orkestri 22—27-aprel kunlari Xitoy poytaxti Pekinda bo‘lib o‘tadigan 5-harbiy orkestrlar xalqaro festivalida ishtirok etadi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Pavel Makarov rahbarligidagi harbiy orkestr va Qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli ijodiy va balet guruhi a’zolari 24-aprel kuni chiqish qiladi.

Harbiy san’atkorlar repertuaridan “Buyuk ipak yo‘li” marshi, “Salamanka” va “Sorrentoga qayt” musiqali kompozitsiyalari, “Sing-sing” jaz, “Qahramon” estrada hamda “Oq lolalar” balet asarlari o‘rin olgan.

Tadbirning yakuniy  — kulminatsion qismida harbiy orkestr  “Lazgi”ni ijro etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют