» » Amerikalik 20 yoshli yigit 4 yil ichida akula, ayiq va ilon hujumiga uchradi

Amerikalik 20 yoshli yigit 4 yil ichida akula, ayiq va ilon hujumiga uchradi


AQShning Kolorado shtatidagi Grand-Jankshen shahrida yashovchi 20 yoshli Dilan Makvilyamsning oyog‘idan 19-aprel kuni yo‘lbars akula tishlab oldi. Hodisa Gavayida yuz bergan. Yigit u yerga dam olish uchun borib, syorfing taxtasida uchayotgan edi, deb yozadi TJournal.

Shundan so‘ng u qirg‘oqqa chiqib, shifokorlardan yordam olgan va boshqalarni akula haqida ogohlantirgan.

2017-yilning yozida Koloradodagi oromgohda omon qolish ko‘nikmalarini o‘qitish bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlagan. Tunda uning chodiriga 150 kilogrammli ayiq bostirib kirgan.

2015-yilda esa Yuta shtatiga sayohat vaqtida yigitni shaqildoq ilon chaqib olgan. Shundan so‘ng u ikki kunni kasalxonada o‘tkazishga majbur bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют