» » Rashid Malikovning “Sabot” filmi Moskva xalqaro kinofestivalida namoyish etildi

Rashid Malikovning “Sabot” filmi Moskva xalqaro kinofestivalida namoyish etildi


O‘zbekistonda suratga olingan “Sabot” nomli yangi kinofilm Moskva xalqaro kinofestivalida tomoshabinlarning katta qiziqishini uyg‘otdi, deb yozadi “Sputnik O‘zbekiston”.

Film namoyishida “Oktabr” kinoteatrining eng katta zallaridan biri 70 foizga tomoshabinlarga to‘ldi. Festival uchun bu juda yaxshi ko‘rsatgich.

O‘zbekiston kinosiga Moskvada qiziqish katta. O‘tgan asrning 40-yillaridan 1991-yilga qadar o‘zbek kino maktabi SSSRda eng kuchli maktablardan biri hisoblanar edi. Keyin ancha vaqt davomida o‘zbek kinosi haqida hech narsa eshitilmagan edi. Shu sababdan ham O‘zbekiston kinosining Moskvaga kelishining o‘zi katta voqeaga aylandi.

Kino namoyishi ancha asabiy muhitda o‘tdi. Filmning 40-daqiqasida ruscha tarjima yo‘qolib qoldi. Film qahramonlari o‘zbekcha, ba’zan qoraqalpoqcha gapirar edi. Film ostida esa inglizcha titrlar ko‘rsatilib turdi.

Kino to‘xtatilib, texnik nosozlikni tuzatishga 20 daqiqalar ketdi. Ushbu vaqt davomida kinozalda film qizg‘in muhokama qilindi.

“Sabot” filmi yakuniga yetgach, moskvalik jurnalistlar, kino mutaxassislari va tanqidchilari film yaratuvchilarini guldiros qarsaklar bilan olqishladi.

Xo‘sh, film o‘zi nima haqida? Filmda 1989-yil Qoraqalpog‘istonning chekka bir qishlog‘i tasvirlangan. U yerda bir sobiq harbiy, kamsuqum va qattiqqo‘l kishi yashaydi. Uning atrofidagi bor mebel faqat stol, karavot va televizor. Uning turmush o‘rtog‘i olamdan o‘tgan, o‘g‘li esa u bilan urushib qolgan va nabirasi bilan uchrashishga ruxsat bermaydi. Sobiq harbiy maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi va kunlarning birida u saraton kasaliga chalingani ma’lum bo‘ladi.

Vafot etayotgan sobiq harbiyning bu dunyoda amalga oshirishi kerak bo‘lgan uchta ishi qoladi: nabirasini ko‘rish, maktabga suv olib kelish va bir ablahdan qasos olish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют