» » O‘n bir yillik taqiqlardan so‘ng “Ruh 5:13” filmining 4-qismi suratga olindi (foto, video)

O‘n bir yillik taqiqlardan so‘ng “Ruh 5:13” filmining 4-qismi suratga olindi (foto, video)


O‘n bir yillik taqiqlardan so‘ng “Ruh 5:13” filmining 4-qismi  suratga olindi. Bu haqda film rejissori Shavkat Jayron jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Rejissor “Ruh 5:13 — 4”  filmning davomini shu vaqtgacha suratga olmaganini quyidagicha izohladi:

11 yildan buyon “O‘zbekkino” tomonidan bu mavzuda film suratga olishga ruxsat berilmagan. Nima uchun suratga olishga ruxsat berilmaganiga haligacha tushuna olmayman. Bo‘lmasa, sevgi-muhabbat va maishiy mavzularda filmlar suratga olinaverganidan tomoshabinlarning toqati toq bo‘ladigan darajaga yetganini barcha yaxshi bilardi. Nihoyat, 2017-yilda filmni suratga olishga ruxsat berishdi va yil davomida filmni suratga oldik.

Shavkat Jayron, rejissor

Rejissor film premyerasi qachon bo‘lishiga ham oydinlik kiritib o‘tdi.

Ayni vaqtda Alisher Navoiy nomli kino saroyida hamda yurtimizdagi boshqa kinoteatrlarda bir xil vaqtda filmni premyera qilish maqsadida, filmning Alisher Navoiy nomli kino saroyidagi katta premyerasini keyinroqqa qoldirmoqdamiz. Filmni Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi kinoteatrlarda, Toshkent shahrining katta savdo majmualarida joylashgan kinoteatrlarida hamda qo‘shni Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston Respublikasining kinoteatrlarida namoyish qilish harakatidamiz. Biroz vaqtdan so‘ng Alisher Navoiy nomli kino saroyida  ham filmning katta premyerasi bo‘lib o‘tadi.

“Ruh 5:13 — 4” filmida bosh rollarni Madina Abdullayeva, Shuhrat Jayron, Shohista Xolmatova, Shohrux Islomov, Aziza Aripboyeva, Feruza Hasanova, Asliddin Rahimov, Dilnoza Satimovalar ijro qildi. Filmda prodyuser Mirsaid Hakimov, operator Nozim Tolipov, bastakor  Doniyor Saidaliyevlar astoydil mehnat qildi. Film namoyishi 20-yanvardan  Andijon shahridagi “O‘zbegim sinema” kinoteatrida boshlanadi.

Shavkat Jayron, rejissor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют