» » Sport-TV texnika yetishmasligi tufayli “Neftchi” — “Metallurg”, “Buxoro” — “Qizilqum” uchrashuvlarini jonli translyatsiya qilmaydigan bo‘ldi

Sport-TV texnika yetishmasligi tufayli “Neftchi” — “Metallurg”, “Buxoro” — “Qizilqum” uchrashuvlarini jonli translyatsiya qilmaydigan bo‘ldi


Bugun, 24-aprel sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 8-tur bahslari boshlanishi haqida xabar berilgan edi.

Kun taqvimidan o‘rin olgan 2 uchrashuv — “Neftchi” — “Metallurg” hamda “Buxoro” — “Qizilqum” uchrashuvlar Sport-TV telekanali tomonidan jonli efirda namoyish etilmaydi. Bu haqda “Championat.atsia” nashri xabar berdi.

Bunga asosiy sabab texnika yetishmasligidir. Shuningdek, ayni kunlarda Urganchda Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘plab texnikalar shu musobaqani yoritishga qaratilgan. Bundan tashqari Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda. Shu bois Superliga bahslari bugun yozib olingan holda kechki efirlarda efirga uzatiladi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют