» » Toshkentda O‘zbekistonning eng mohir qorilari aniqlandi

Toshkentda O‘zbekistonning eng mohir qorilari aniqlandi


Toshkentdagi Talabalar shaharchasining “Yoshlar markazi”da erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan Qur’oni karim musobaqasi respublika bosqichining taqdirlash marosimi nihoyasiga yetdi. Bu haqda “Azon.uz” xabar berdi.

Musobaqada g‘olib chiqqan qorilar bilan quyida tanishish mumkin:

18-25 yosh bo‘yicha tilovat yo‘nalishi g‘oliblari:

1-o‘rin: Nizomiddin qori Ismoilov (Toshkent shahri);

2-o‘rin: Hasan qori Komilov (Qashqadaryo viloyati);

3-o‘rin: Nurmuhammed qori (Qoraqalpog‘iston respublikasi).

26-40 yosh bo‘yicha tilovat yo‘nalishi g‘oliblari:

1-o‘rin: Rasulbek qori Yo‘ldoshev (Farg‘ona viloyati);

2-o‘rin: Isroilxon qori Ne’matjonov (Namangan viloyati);

3-o‘rin: Fayzirahmon qori Mamajanov (Toshkent shahri).

18-25 yosh bo‘yicha hifz yo‘nalishi g‘oliblari:

1-o‘rin: Muhammadiso qori Mahmudov (Farg‘ona viloyati);

2-o‘rin: Abbosxon qori Obidov (Toshkent viloyati).

26-40 yosh bo‘yicha hifz yo‘nalishi g‘oliblari:

1-o‘rin: Ubaydulloh qori Ishoqov (Andijon viloyati);

2-o‘rin: Abdulhamid qori Saidazimov (Jizzah viloyati);

3-o‘rin: Ahmadjon qori Vorisov (Namangan viloyati).

Shuningdek, musobaqada turli nominatsiyalar bo‘yicha ham qorilar taqdirlandi:

“Eng xushovoz Qur’on qorisi” nominatsiyasi sohibi: Muhsin qori Sodiqov (Farg‘ona viloyati);

“Eng yosh Qur’on qorisi” nominatsiyasi sohibi: Habibulloh qori Ahmadov (Toshkent shahri);

“Eng matonatli Qur’on qorisi” nominatsiyasi sohibi: Arzibek qori Begmatov (Farg‘ona viloyati).

Tilovat yo‘nalishi g‘oliblariga ikki kishilik, hifz yo‘nalishi g‘oliblariga uch kishilik umra safari sertifikatlari va homiylarning turli sovg‘alari taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent islom instituti talabasi Yo‘ldoshbek qori Nuriddinov “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018”ning mutlaq g‘olibi, oliy o‘rin sohibi bo‘lgani, unga Prezident sovg‘asi — Lacetti avtomobili kaliti topshirilgani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют