» » Qur’on musobaqasi g‘oliblari umraga boradi va avtomobilga ega bo‘ladi

Qur’on musobaqasi g‘oliblari umraga boradi va avtomobilga ega bo‘ladi


Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasining «Yoshlar markazi» binosida Qur’oni karim musobaqasining respublika bosqichi boshlandi. Unda quyi bosqichlarda g‘olib deb topilgan 139 nafar (89 nafar yigit va 50 nafar xotin-qiz)  ishtirokchi qatnashmoqda, deya  ma’lum qildi  O‘zA.

Qayd etish joizki, musobaqaning dastlabki yilidayoq ishtirokchilar soni 5,5 mingdan oshib ketdi.

Musobaqa yigitlar va xotin-qizlar o‘rtasida ikki yosh toifasida (18-25 yosh hamda 26-40 yosh) o‘tkazilmoqda. Ular hifz (Qur’oni karimni to‘liq yod olgan murattab qori va qoriyalar) va tilovat (Qur’oni karimni chiroyli o‘qiydigan, muvajjad qori va qoriyalar) yo‘nalishlarida bellashmoqda.

Musobaqa so‘ngida jami 36 nafar g‘olib aniqlanadi. Hifz yo‘nalishida 1-o‘rin sohiblari ota-onasi bilan, tilovat yo‘nalishida esa 1-o‘ringa sazovor bo‘lganlar hamrohi bilan Umra safariga borish imkoniga ega bo‘ladi.

Musobaqaning hifz yo‘nalishida eng yuqori ball to‘plagan 1-o‘rin egasiga O‘zbekiston Prezidenti sovg‘asi — avtomobil taqdim etiladi.

Shuningdek, ishtirokchilar orasidan “Eng xushovoz Qur’on qorisi”, “Eng yosh Qur’on qorisi” va “Matonatli qori” nominatsiyalari g‘oliblari ham aniqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют